MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston — Xitoy: jigar transplantatsiyasi sohasida hamkorlik

news_in

11.10.2026

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Xitoyning Shanxay shahridagi «Renji Hospital» klinikasidan professor Sya Syan boshchiligidagi mutaxassislar delegatsiyasi jigar transplantatsiyasi bo‘yicha qo‘shma dasturni amalga oshirish maqsadida tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kunida o‘zbekistonlik va xitoylik mutaxassislar bemorlar hamda qarindosh donorlarni birgalikda ko‘rikdan o‘tkazib, klinik holatlarni muhokama qildilar. Shuningdek, operatsiya xonalari, tibbiy uskunalar va zarur sarf materiallarining tayyorligi tekshirilib, rejalashtirilgan jarrohlik amaliyotlari jadvali kelishib olindi.

11–13-oktabr kunlari tirik qarindosh donorlardan uchta jigar transplantatsiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, O‘zbekistonda ilk bor donor jigarining bir qismini laparoskopik usulda rezeksiya qilish texnologiyasini qo‘llash ko‘zda tutilmoqda.

Hafta davomida Markaz xirurglari xitoylik hamkasblari bilan yelkama-yelka ishlab, jarrohlik amaliyotlari, bemorlarni davolash, klinik muhokamalar va o‘zaro tajriba almashish jarayonlarida birgalikda ishtirok etadilar.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — ilg‘or xirurgik texnologiyalarni joriy etish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish va O‘zbekistonda transplantologiya sohasini yanada rivojlantirish.