15–21-oktabr kunlari Akademik V. Vohidov nomidagi Xirurgiya markazida Ten Bronislav Nikolayevich — 35 yildan ortiq tajribaga ega shifokor-osteopat, shifokor-refleksoterapevt yana bemorlar qabulini o‘tkazadi.
Qabul vaqti: 12:00 dan 17:00 gacha.
Umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi, qad-qomat buzilishlari, surunkali og‘riq sindromlari, shuningdek, jarohat va kasalliklardan keyingi reabilitatsiya bo‘yicha murojaat qilish mumkin.
Qabul Xirurgiya markazi poliklinikasida o‘tkaziladi. Oldindan yozilish: +998 55 588 80 01
Qabul joylari cheklangan. Call-markaz orqali oldindan yozilishni tavsiya etamiz.