MRT uchun 25% chegirma 18:00 dan keyin. Bizning xirurgiya markazi xalqimiz uchun shanba kuni qo‘shimcha faoliyat yuritadi.

Xirurglarimiz Singapur milliy universitet shifoxonasida

news_in

24.06.2026

Singapurga amalga oshirilgan rasmiy tashrif doirasida Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi Singapur Milliy universitet shifoxonasi (NUH) faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida ikki muassasa oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum transplantologiya, kardioxirurgiya, robotlashtirilgan va endovaskulyar xirurgiya, tibbiy taʼlim hamda ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. Tomonlar qoʻshma mahorat darslari va operatsiyalar oʻtkazish, mutaxassislar stajirovkasi, yosh shifokorlar uchun seminar va leksiyalar tashkil qilish, telemeditsina orqali masofaviy konsiliumlarni yoʻlga qoʻyish hamda tibbiyot muassasalarini boshqarish boʻyicha tajriba almashishga kelishib oldilar. Ushbu hamkorlik zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish va mahalliy mutaxassislar salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.