Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida barcha hamshiralar kasb bayrami munosabati bilan samimiy tabriklandi.
Hamshiralik faoliyati — bu nafaqat yuqori mas'uliyat va kasbiy mahorat, balki mehr, sabr va har bir bemorga bo‘lgan e'tibordir. Hamshiralar har kuni bemorlar yonida bo‘lib, ularni qo‘llab-quvvatlaydi va davolanish jarayonida beqiyos hissa qo‘shadi.
Markazimizda faoliyat yuritayotgan barcha hamshiralarga fidokorona mehnati, kasbiga sadoqati va insonparvarlik tamoyillariga bo‘lgan hurmati uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kasbiy yutuqlar va doimo el e'zozida bo‘lishni tilaymiz.