Botir Zokirovich Muhamedov — Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi xodimi, hozirda Strasburg shahrida malaka oshirmoqda.
Stajirovka davomida u onkologik kasalliklarni zamonaviy diagnostika qilish va davolash usullari bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, klinik muhokamalar hamda multidisiplinar konsiliumlarda faol ishtirok etib, yuqori texnologik jarrohlik va minimal invaziv operatsiyalar jarayonini kuzatish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Ayniqsa, koʻkrak bezi saratonini davolash, onkojarrohlik hamda individual yondashuvga asoslangan zamonaviy terapiya usullariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur stajirovka davomida olingan bilim va tajribalar kelajakda onkologik bemorlarni davolash sifatini yanada oshirish hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.