Bugun, 2024-yil 6-dekabr kuni “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot Markazi” Davlat Muassasasi poliklinikasida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan xayriya aksiyasining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir davomida nafaqat butun respublikamiz shifoxonalarida, balki xorijiy davlatlarda jigar yoki buyrak transplantatsiyasi operatsiyasini boshdan kechirgan bemorlarning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi amalga oshirildi. “Akademik V.Vohidov nomidagi RIXIATM” DM malakali mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar va asosiy tekshiruvlar – umumiy qon tahlili, qonni biokimyoviy tahlili, magniy, temir, siydik kislotasi, umumiy siydik tahlili, takrolimus konsentratsiyasi, Covid-19 ga ekspress test, transplantatning ultratovush dopplerografiyasi, qorin bo‘shlig‘i a’zolari UTT, elektrokardiografiya kabi tekshiruvlar bemorlar uchun mutlaqo bepul tashkil etildi.
Aksiyaning birinchi kuni umumiy hisobda 203 nafar bemor tekshiruvlardan o‘tkazildi va tavsiyalar berildi. Ulardan 38 nafari jigar va 165 nafari buyrak transplantatsiyasi amaliyotidan keyingi bemorlardir.
Aksiya bemorlar orasida yuqori kayfiyatda olqishlandi va mamlakatimizda tibbiyot sohasidagi yaxshi o‘zgarishlar uchun alohida Prezidentimizga minnatdorlik bildirishdi.
Xirurgiya Markazidagi aksiya 7-dekabr kuni ham davom etadi.
Markazimiz eshiklari sizlar uchun doim ochiq.
Hurmat bilan, Markaz ma’muriyati.