"Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi"da fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
🔹 Ushbu tadbir:
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025 yil 16 yanvardagi
▪️ Toshkent shahar hokimi — fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2025 yil 22 yanvardagi №1-sonli
▪️ Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 24 yanvardagi №21-sonli buyruqlariga asosan amalga oshirildi.
🔸 Mashg‘ulot mavzusi:
"Obyektda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda ishchi-xizmatchilarni evakuatsiya qilish va oqibatlarni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi a’zolarining harakatlari hamda tegishli xizmatlar bilan hamkorligi".
✅ Tadbir doirasida amaldagi ssenariylar orqali evakuatsiya va xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik ishlari o‘rganildi.