Endokrin tizim faoliyatidagi buzilishlar ko‘pincha asta-sekin rivojlanadi va surunkali charchoq, stress yoki yoshga bog‘liq o‘zgarishlar niqobi ostida kechadi. O‘z vaqtida olingan endokrinolog maslahati moddalar almashinuvidagi o‘zgarishlarni aniqlash, gormonal holatni baholash va jiddiy asoratlarning oldini olishga yordam beradi.
Bemorlar o‘z ahvolida tushunarsiz o‘zgarishlar sezganda yoki rejali tekshiruvdan o‘tmoqchi bo‘lganda ko‘pincha «Toshkentda endokrinolog» deb izlashadi. Quyidagi belgilar kuzatilganda shifokor qabuliga yozilish tavsiya etiladi:
Dastlabki ko‘rikda shifokor anamnez yig‘adi, tana vazni indeksi, arterial bosim va qalqonsimon bez holatini baholaydi. Tashxisni aniqlashtirish uchun mutaxassis gormonlarga tahlil, qondagi qand miqdori (glyukoza va glikirlangan gemoglobin) tekshiruvi hamda instrumental diagnostika — masalan, UTT yordamida qalqonsimon bez tekshiruvini tayinlaydi. Qabul va diagnostika xizmatlarining amaldagi narxlarini saytning «Xizmatlar» bo‘limidan yoki +998 55 588 80 01 raqami orqali aloqa markazidan aniqlashtirish mumkin.
O‘zingiz bilan avvalgi qon tahlili natijalarini, UTT xulosalarini, tibbiy ko‘chirmalarni va qabul qilayotgan dorilar ro‘yxatini oling. Agar murojaat kuni laborator tahlillar topshirishni rejalashtirsangiz, ertalab och qoringa keling — bu vaqtni tejash va aniq natija olish imkonini beradi.
Material axborot xususiyatiga ega bo‘lib, shifokorning bevosita maslahatini o‘rnini bosmaydi. Bezovta qiluvchi belgilar paydo bo‘lganda mutaxassisga murojaat qiling.